(GMT+5) | 22.09.2023

Yangiyo‘l shahrining qaysi hududida "turizm mahallasi" barpo etiladi?

Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatiga qilgan tashrifi davomida har bir tuman va shaharda turizmni rivojlantirish bo‘yicha aniq dastur ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

photo2022-10-2220-14-56.jpg

Joriy yilning 22 oktyabr kuni Turizm va madaniy meros vazirining o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov va viloyat hokimining turizm, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Babajanov Yangiyo‘l shahrida bo‘lib, shahar hokimi Farxod Mirzayev va tegishli mas’ullar bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar, hunarmandlar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

photo2022-10-2220-15-04.jpg

Jumladan, "Karakulduk" kanali bo‘yi va "Qovunchi tepa" madaniyati asosi bo‘lgan, madaniy meros ob’yekti sifatida ro‘yxatga olingan tepaliklar yon-atrofini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, mazkur hududda "turizm mahallasi" barpo etish, turistik operatorlar yo‘l haritasiga kiritish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.