(GMT+5) | 30.01.2023

DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

Oʼzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik tog‘risida”gi O‘RQ–537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish togrisida”gi 259-sonli qaroriga asosan “FRESH STROY MARKET” MCHJ tomonidan Toshkent viloyati, Angren shahar, Gulzor MFYda joylashgan “Shimoliy bog‘” nomli madaniyat va istirohat bogini davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya qilish va foydalanish bo‘yicha tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha kontsepsiyasi taqdim etilgan.

Mazkur loyiha doirasida Toshkent viloyati, Angren shahar, Gulzor MFYda joylashgan “Shimoliy bog‘” nomli madaniyat va istirohat bogini ko‘ngilochar gastronomik va san’at yo‘nalishlarida faoliyatni tashkil qilish rejalashtirilgan.

Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflarini 2022-yil 14-dekabr kuniga qadar topshirilishi kerak.

Qiziqish bildirish uchun soʼrov shakli.

Loyiha kontseptsiyasi.

Loyiha haqida ma`lumot. 

Qiziqish bildirish uchun soʼrov va tendrlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. Toshkent viloyati, Angren shahri 110200, Istiqlol ko‘chasi 2-uy. E-mail: angren.sh@umail.uz Tel: 78-150-93-36 
  2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar, Sh.Rashidov shox koʼchasi,16-uy. E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz ADuvlanov@ppp.mf.uz FUmarov@ppp.mf.uz Теl: 71-203-03-07 (708). ). (Eslatma! Elektron yuboriladigan fayl yoki fayllarning hajmi 10 MBdan ortig bo’lmasligi lozim. Shu munosabat bilan fayllarni ixchamlashtirgan 10 MBdan ortiq bolmagan holda yuborishingiz so’raladi yoki qog’oz shaklida taqdim etishingiz mumkin).

“DXSh to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflari olingan taqdirda, Hokimlik tomonidan loyihaning xususiy tashabusskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʼtkaziladi.