Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati D.Usmanova hamda Qibray tuman hokimi M.Mirkasimov boshchiligida tuman mahallalarida faoliyat yurituvchi oqsoqollar, hokim yordamchilari va jamoatchilik vakillari ishtirokida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli vazifalar, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta'minlash kabi masalalarda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Turli islohotlar jarayonida inson manfaatlari bosh mezon bo‘lishini ta'minlash borasida so‘z yuritgan Oliy Majlis deputati fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini konstitutsiyaviy darajaga ko‘tarish dolzarb ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish borasida umumxalq muhokamasi hamda berilayotgan takliflarni ko‘rib chiqish jarayonlari tumanimizda faol olib borilmoqda.
Qibray tuman hokimligi axborot xizmati